Huawei 1
Kamondan otish bo'yicha o'zbekistonlik sportchi Parij-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Joriy yilning 14-17-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahri mezbonlik qilgan kamondan otish bo‘yicha Parij-2024 jahon litsenzion turnirida Amirxon Sodiqov yakkalik dasturida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal barobarida Olimpiada yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ Matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval qitʼaviy litsenzion turnirda Ziyodaxon Abdusattorova o‘zbek kamonchilari orasida birinchi bo‘lib 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo‘llanma olgandi.

Amirxon Sodiqov saralashdagi yuqori natijasi sabab birinchi raqamli sportchi sifatida qurʼadan joy oldi va turnirni raqamiga mos ravishda oltin medal bilan yakunladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92809 | Инструменты