Huawei 1
Murodjon Ahmadaliyev IBF‘ga shikoyat bilan chiqdi va Naoya Inouega murojaat qildi

Professional bokschimiz, ikki yo‘nalishda sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyevning advokati Pet Inglish yaponiyalik mutlaq chempion Naoya Inoue bilan bo‘layotgan munozaralarga oydinlik kiritdi.

"Biz bu pullik reklama takliflariga, Sem Gudman Inouening navbatdagi raqibi bo‘lishiga qarshimiz. Murodjon Ahmadaliyev uzoq vaqtdan beri WBA chempionlik kamari uchun majburiy daʼvogar bo‘lib kelgan. Buyruqqa ko‘ra, Naoyaning keyingi jangi WBA kamari uchun majburiy daʼvogar bilan bo‘lishi kerak.

Biz WBA‘dan majburiy himoya jangini tashkil etilishini talab qildik. Biz tahdid qilmoqchi emasmiz, lekin janob Inoue WBA‘ning majburiy himoyasidan qochishga harakat qilsa, biz qonuniy choralar ko‘ramiz.

Agar janob Inoue WBA chempionlik unvonidan voz kechmoqchi bo‘lsa, biz uning Ahmadaliyevdan boshqasi bilan jang qilishiga to‘sqinlik qilmaymiz, lekin biz hozir sodir bo‘layotgan voqealarga qarshimiz. Kimdir yoki biror tashkilot janob Ahmadaliyevning huquqlarini poymol etayotganiga qarshimiz", deb yozdi Inglish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101716 | Инструменты