Huawei 1
O‘zbekistonda qancha sport turi davlat reestrida qayd etilgan?

Bugungi kunda mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarzi bilan qamrab olish, mahoratli sportchilarni tayyorlash yo‘nalishida 98 ta federatsiya va assotsiatsiyalar va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish reyestrida 156 ta sport turlari qayd etilgan.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida sport turlari reestriga kiritish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda 13 ta murojaat ko‘rib chiqildi.

Hay’at yig‘ilishida O‘zbekiston Fijital sport federatsiyasining  ushbu sport turini sport turlari reestriga kiritish bo‘yicha murojaati ko‘rib chiqildi hamda jamoatchilik kengashi fijital sport turining reestrga kiritilganini rasman tasdiqladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102318 | Инструменты