Huawei 1
O'zbekiston terma jamoasining Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan tarkibi ma'lum qilindi

23 sentyabr - 8 oktyabr kunlari Xitoyning Hanchjou shahrida XIX Osiyo o'yinlari o'tkaziladi.

Musobaqa dasturidan boks bo'yicha bellashuvlar ham o'rin olgan. Mazkur o'yinlar Parij Olimpiadasiga litsenziya berishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

O'zbekiston boks federatsiyasida rahbariyat, terma jamoalar bosh murabbiylari va murabbiylar kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda Hanchjoudagi musobaqada qatnashadigan bokschilarimiz nomi ma'lum qilindi.

Unga ko'ra, boks bo'yicha terma jamoamiz Osiyo o'yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Еrkaklar:

-51 kg: Hasanboy Do'smatov

-57 kg: Abdumalik Xalokov

-63,5 kg: Ruslan Abdullaev

-71 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev

-80 kg: To'rabek Xabibullaev

-92 kg: Lazizbek Mullojonov

+92 kg: Bahodir Jalolov

Bosh murabbiy: To'lqin Qilichev

Katta murabbiylar: Steyners Tissert Xuan enrike, Rahmatjon Ro'zioxunov

Ayollar:

-50 kg: Sabina Boboqulova

-54 kg: Nigina O'ktamova

-57 kg: Sitora Turdibekova

-60 kg: Rayhona Qodirova

-66 kg: Navbahor Hamidova

-75 kg: Aziza Zokirova

Bosh murabbiy: elshod Rasulov

Murabbiylar: Timur Axbaev, Anna Sidorova, Islom Tojiboev.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51007 | Инструменты