Huawei 1
Para velosportchilarimiz Osiyoda tengsiz bo'ldi

Tailandda para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza, jami 26 ta medalga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rindan joy oldi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, chempionatda Aziz Otaxo‘jayev, Marjona Pardaboyeva, Odina Hamdamova, Ruxshona Yoqubova, Aziza Qosimova, Bunyod Hayitmuhammedov, Og‘abek Xudoyberganov va Fotima Saipova o‘z yo‘nalishlarida oltin medalga ega chiqdi.  

Turli yo‘nalishlarda bahslarga kirishgan  Zarifa Mo‘minova, Bahodir Odinayev, Shahnoza Hakimova, Jasur Ilhomov, Marjona Pardaboyeva, Fotima Haydarova kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Saidjabbor Dadaxonov, Jasur Ilhomov, Bunyod Hayitmuhammedov va To‘lqin Ravshanov kabi para velosportchilarimiz bronza medali bilan taqdirlandi.   

Maʼlumot o‘rnida: 2024 yil Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 10 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza, jami 19 ta medal jamg‘argan para velosportchilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21101 | Инструменты