2024-yili Parij shahrida o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi va ushbu tashkilot direktorlar kengashi musobaqalarning shpaga yo‘nalishida hakamlik qiluvchi referilar tarkibini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Taʼkidlash joizki, ushbu qarorga ko‘ra O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining xalqaro toifadagi referisi Dilorom Turdiqulova to‘rt yillikning eng nufuzli sport tadbiri bo‘lgan Olimpiya o‘yinlarining shpaga bahslarida hakam sifatida ish olib boradigan bo‘ldi.
Maʼlumot o'rnida, Dilorom Turdiqulova bir necha yillar davomoda Osiyo va jahondagi yirik musobaqalarda o‘z mahorati va salohiyatini to‘la namoyon etib, hakamlik qilgani bois “FIE”ning kuchli referilari sifatida birinchilar qatorida eʼtirof etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110605 | Инструменты