Huawei 1
Shaxmat Olimpiadasida mutlaq peshqadamga aylangan O'zbekistonning keyingi turdagi raqiblari ma'lum bo'ldi

Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoalarining 10-turdagi raqiblari maʻlum boʻldi.

9-turda Armanistonni magʻlub etib, yakka peshqadamga aylangan Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi keyingi turda Hindiston-2 jamoasi bilan kuch sinashadi. Bellashuv bugun, 8-avgust kuni oʻtkaziladi.

Hindistonning ikkinchi jamoasi umumiy jadvalda ikkinchi oʻrinda bormoqda. Agar, vakillarimiz mazkur turda gʻalaba qozonda, unda ular chempionlik masalasini deyarli hal qilgan bo'ladi. Olimpiadada jami 11 ta tur oʻtkaziladi.

9-turdan keyin 49-pogʻonada borayotgan Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi esa 10-turda Paragvayga qarshi dona suradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102215 | Инструменты