Huawei 1
Tog’ chang’isi: O’zbekistonlik sportchi qishki paralimpiada reyting ochkosini qo’lga kiritdi

2026 yili Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampesso shaharlarida o‘tadigan qishki Paralimpiya o‘yinlariga reyting ochkolari taqdim etadigan dastlabki nufuzli turnir Avstraliyada tashkil etildi.

E’tiborlisi, Avstriyada para tog‘ chang‘isi bo‘yicha o‘tgan turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli qatnashdi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Asel Turdimuratova shiddatli bahslar yakuniga ko‘ra, o‘z iroda va matonatini namoyish etib, bronza medaliga ega chiqdi. 

2026 yil Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampesso shaharlarida bo‘ladigan qishki Paralimpiya o‘yinlarining muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62617 | Инструменты