Huawei 1
Tokio-2020: 3 nafar para dzyudochimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Paralimpiyachilarimizning Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki davom etadi. Bundan biroz avval sporchilarimiz Feruz Sayidov, Dovurxon Karomatov va Parvina Samandarova yarim finalda ishtirok etishdi.

Jumladan, erkaklar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida hamyurtimiz Feruz Sayidov yarim finalda rossiyalik Vasiliy Kutuyevga qarshi tatamiga chiqdi.

Murosasiz kechgan bahs hamyurtimizning g‘alabasi bilan yakunlandi. Feruz raqibini ippon bahosi bilan mag‘lub etdi. U endi oltin medal uchun finalda ishtirok etadi.

Shuningdek, erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida hamyurtimiz Dovurxon Karomatov meksikalik Adrian Sanchesga qarshi tatamiga chiqdi.

Shiddatli va murosasiz kechgan bahs hamyurtimizning g‘alabasi bilan yakunlandi. U endi oltin medal uchun finalda ishtirok etadi.

Bundan tashqari, ayollar o‘rtasida -57 kg vazn toifasida hamyurtimiz Parvina Samandarova yarim finalda braziliyalik Lusiya Arauxoga qarshi tatamiga chiqdi.

Hamyurtimiz ippon bahosi bilan raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81504 | Инструменты