Vladivostok-2022: Sambochilarimiz 9 ta, dzyudochilarimiz 4 ta medal qo'lga kiritishdi

Vladivostok shahrida yoshlar hamda o'smirlar o'rtasida “Osiyo bolalari” xalqaro musobaqasi davom etmoqda. Bugun, 3-avgust kuni musobaqa doirasida sambochilarimiz kunni sermahsul o‘tkazishdi. Bugungi bellashuvlarda ushbu sport turida 9 nafar vakilimiz shohsupaga ko‘tarildi. Musobaqa davomida yosh sambochilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Oltin medal: 

-58 kg: Islom Abduzokirov;

Kumush medal:

-44 kg: Diyora Namozova

-54 kg: Fotima Musayeva;

Bronza medal: 

-44 kg: Bibixonim Odilova

-47 kg: Shahzoda Sa’dullayeva

-46 kg: Ne’mat Xudoyberganov

-49 kg: Asadbek Matyakubov

-64 kg: Azamat Abloqulov

-79 kg: Diyorbek Qo‘chqorov.

Shuningdek, bugungi kun doirasidagi bahslarni dzyudochilarimiz ham muvaffaqiyatli o’tkazishdi. Ular kun davomida 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo’lishdi.

Oltin medal:

-66 kg: Asadbek Bekturdiyev

-48 kg: Zarina Jamalova;

Kumush medal:

-57 kg: Aselxan Aralbayeva;

Bronza medal:

-52 kg: Gulmira Rustamova.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22104 | Инструменты