Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining Ijro Qo‘mitasi World Boxing tashkilotining 2028-yil Los-Andjeles Olimpiya o‘yinlari sport dasturiga boksni kiritish taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Ushbu masala 2025 yil 19-21 mart kunlari Gretsiyada bo‘lib o‘tadigan XOQ sessiyasida ko‘rib chiqiladi.
World Boxing prezidenti Boris van der Vorst bu qarorni “Olimpiya boksining kelajagi uchun muhim qadam”, deb atadi va XOQga bildirgan ishonchi uchun minnatdorlik bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31818 | Инструменты