Huawei 1
ChatGPT foydalanuvchilarining shaxsiy maʼlumotlari sunʼiy intellektdagi nosozlikdan soʻng Internetga sizib chiqdi

Sun’iy intellektga ega ChatGPT chatbot foydalanuvchilarining shaxsiy malumotlari Internetga sizib chiqdi, deb ma’lum qildi OpenAI dasturchi kompaniyasi. 

Ma'lum bo'lishicha, dushanba kuni chatbot foydalanuvchilari ChatGPT ishida katta hajmdagi nosozliklar haqida xabar berishgan. Birgina AQShda shikoyatlar soni mingdan oshgan. Muvaffaqiyatsizliklar Buyuk Britaniya, Kanada va Isroilda ham kuzatilgan.

IT mutaxassislarining fikricha, hodisaga ochiq kodli kutubxona ishidagi xatolik sabab bo‘lgan.

"Shu hafta boshida biz ochiq manba kutubxonasidagi xatolik tufayli ChatGPT'ni o‘chirib qo‘ydik, bu esa ba’zi foydalanuvchilarga boshqa faol foydalanuvchining suhbat tarixidagi sarlavhalarni ko‘rish imkonini berdi", - deyiladi OpenAI rasmiy bayonotida.

Qayd etilishicha, ayrim foydalanuvchilar boshqa faol foydalanuvchining ismi va familiyasini, elektron pochta manzilini, hisob-kitob manzilini, kredit karta raqamining oxirgi to‘rtta raqamini va uning amal qilish muddatini ko‘rishlari mumkin edi. Kompaniya kredit kartalarining to'liq raqamlari hech qachon oshkor etilmaganini ta’kidladi. Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, sizib chiqish foydalanuvchilarning 1,2 foiziga ta’sir ko‘rsatgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122518 | Инструменты