Huawei 1
Endi kompyuter sichqonchasi o'rniga uzukdan foydalanish mumkin

Dunyoda kuzatilayotgan pandemiya sabab aksariyat xodimlar uydan ishlashga o'tishdi. Uydan ishlash idorada faoliyat ko'rsatishdan tamomila farq qiladi. Biroq, bunday sharoitda ishlash shu vaqtgacha biz e'tibor bermagan narsalarga e'tiborning kuchayishiga sabab bo'ldi. Mana masalan, komyuter sichqonchasini olaylik. Mutaxassislar uning o'rnini foydalanishga birmuncha qulay bo'lgan uzuk bilan almashtirishdi.

Uzuk qanday ishlaydi?

Odatda ko'pchilik kompyuter foydalanuvchilari sichqonchani ko'p ishlatishlari sabab bilaklarda og'riq, barmoqlarning qiyin bukilishi va og'rishidan shikoyat qilishar edi. Fitnes-treker uchun taqiluvchi ushbu yangi uzuk barmoq bo'g'imlariga ortiqcha og'irlik tushirmaydigan, yengil kompyuter “sichqonchasi”dir. Hozirda o'z salomatligi haqida qayg'uruvchi insonlar tomonidan ushbu sichqonchaga talab tobora ortib bormoqda.

“Uzuk sichqoncha”ning ishlash tartibi oddiy: u barmoqlar uchidagi harakatlarga juda sezgir va bilakning tabiiy harakatlariga xalaqit qilmaydi. O'zining qulay shakli sabab, sichqoncha kursivini haraktalantirish oson. Uzukda sichqoncha vazifasini bajaruvchi datchiklar bo'lib, ularni “bosish”, “aylantirish”, “burash” kabi qo'l harakatlari yordamida boshqarish mumkin. Ular noutbukingizdagi trekpadlarga o'xshaydi.

“Uzuk sichqoncha”da ishlash uchun ikkita barmoq kerak bo'ladi. Uni barmoqqa taqqan holda klaviaturada ham bemalol ishlaysiz. Uzukning chetiga, ichki qismiga ikki marta bosish orqali uni o'chirish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120411 | Инструменты