Rossiya politsiyasidan har oy kamida 3 ming kishi xizmatdan bo‘shamoqda, mamlakat Ichki ishlar vazirligining shaxsiy tarkib borasidagi yetishmovchiligi qariyb 20 foizni tashkil etadi. Bu haqda iste’fodagi general-mayor, Tashqi va mudofaa siyosati bo‘yicha kengash a’zosi Vladimir Vorojtsov ma’lum qildi.
«Ichki ishlar vazirligida har oy 3 mingdan 5 ming nafargacha politsiyachi xizmatdan bo‘shayapti — bu butun boshli viloyat boshqarmasi tarkibiga teng. Xizmatdan bo‘shashlarning bir qismi yangilar kelayotgani bilan qoplanmoqda, ammo shuni tushinishingiz kerakki, tarjibaga ega, bilim va malakasi mavjud professionallar ketyapti, kelayotganlar esa ko‘pincha eng yaxshi kadrlar emas», — deydi Vorojtsov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada shunday hududlar borki, uchastka inspektorlari lavozimining 90 foizi butlanmagan va bitta xodim to‘qqiz kishining o‘rniga ishlashga majbur bo‘lmoqda. Politsiya generali bunga sabab qilib moddiy ta’minotning yetishmasligini keltirdi.
«Bu xodimlar moddiy-pul bilan kam ta’minlanayotganidan. Ichki ishlar organlari xodimlari juda kam maosh olishlari aniq», — deydi u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120423 | Инструменты