Namibiyaning amaldagi vitse-prezidenti Netumbo Nandi-Ndaiva 27-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan davlat rahbari saylovida g‘alaba qozondi. Bu haqda saylov komissiyasi byulletenlarni sanash yakunlangach ma’lum qildi.
Mamlakat tarixida birinchi marta bu lavozimni ayol kishi egallaydi. U fevralda Xage Geyngob saraton kasalligidan vafot etganidan keyin prezident sifatida qasamyod qilgan Nangolo Mbumbani o‘rnini egallaydi.
Saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz berishda ishtirok etganlarning 57 foizi Nandi-Ndaytva xonimga ovoz bergan. Saylovda 15 nafar nomzod ishtirok etgan. Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun ovozlarning yarmidan ko‘pi va bitta ovoz kerak edi.
Netumbo Nandi-Ndaiva 72 yoshda. U SSSRda o‘qigan va u yerda “Kommunistik yoshlar harakati ishi va amaliyoti” mutaxassisligi bo‘yicha diplom olgan. Keyingi yillarda siyosatchi turli davlat lavozimlarida ishlagan va parlament deputati bo‘lgan.
Muxolifat natijalardan norozi
Texnik muammolar, jumladan saylov byulletenlari yetishmasligi va boshqa qiyinchiliklar tufayli ovoz berish shanba kunigacha uzaytirilganidan so‘ng, muxolifat partiyalari saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi. Uzun navbatlar tufayli ba’zi saylovchilar ovoz berishning birinchi kunida 12 soatgacha kutib, oxir-oqibat voz kechishga majbur bo‘ldi.
Muxolifat partiyalari ovoz berish muddatining uzaytirilishini noqonuniy deb hisoblab, saylov natijalariga qarshi sudga murojaat qilishga va’da berdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120422 | Инструменты