Telegram asoschisi 15-mart kuni ertalab Fransiyadan Dubayga uchib ketdi, dedi AFP agentligiga manba. Durovning ishi bo‘yicha sudya unga Fransiyani bir necha haftaga tark etishga ruxsat berdi, dedi boshqa agentlik manbasi.
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov 15-mart, shanba kuni ertalab Fransiyani tark etdi, deb xabar berdi France-Presse (AFP) uch manbaga tayanib. Agentlik suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, fransuz sudyasi Durovga mamlakatni faqat “bir necha haftaga” tark etishga ruxsat bergan va u Dubayga yo‘l olgan. Telegram asoschisi Rossiya, Fransiya, Sent-Kits va Nevis va Birlashgan Arab Amirliklari fuqarosi hisoblanadi.
Pavel Durov 2024-yil 24-avgust kuni Parij aeroportida qo‘lga olingan edi. Fransiyada u Telegram’ni yetarli darajada moderatsiya qilmaganlikda va huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanmoqda – fransuz tergovchilariga ko‘ra, bu Durovni bolalar pornografiyasini tarqatish, giyohvand moddalar savdosi va firibgarlik kabi jinoyatlarga sherik qiladi.
Hibsga olinganidan bir necha kun o'tgach, Durov haftasiga ikki marta politsiyaga xabar berish majburiyati bilan 5 million yevro garov evaziga ozod qilindi. Unga Fransiyadan tashqariga chiqish taqiqlangan.
Durov Fransiyadagi sudda Telegram moderatsiyasini yaxshilashga va'da berdi
Telegram asoschisi Fransiyada unga nisbatan ochilgan ish bo‘yicha so‘roq paytida tergovchilarni messenjerda kontent moderatsiyasi kuchaytirilishiga ishontirdi, deb xabar berdi France Info radiostansiyasi 17-yanvar kuni.
2024-yil 6-dekabrda bo‘lib o‘tgan sud majlisida Durov “Telegram jinoyatchilar uchun platforma bo‘lish uchun yaratilmagan”, dedi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, Telegram qonunlarni buzgani uchun har oy dunyo bo‘ylab 15 dan 20 milliongacha foydalanuvchi akkauntlarini o‘chirib tashlaydi. Tadbirkor, shuningdek, so‘nggi olti oy ichida platforma rahbariyati huquqni muhofaza qilish idoralari bilan faol hamkorlik qilganini va 10 ming foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni turli mamlakatlar rasmiylariga topshirganini ta’kidladi.
Fransuz sudyalari, o'z navbatida, ularning ma'lumotlariga ko'ra, Durov tomonidan qilingan sa'y-harakatlarga qaramay, so'nggi oylarda Telegram jinoiy maqsadlarda tobora ko'proq foydalanilayotganini ta'kidladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31616 | Инструменты