Huawei 1
Air India samolyoti xavfsizlik tahdidi tufayli Nyu-Dehliga favqulodda qo‘ndi

Mumbaydan Nyu-Yorkka uchayotgan Air India samolyoti xavfsizlikka tahdid tufayli Nyu-Dehliga yo‘naltirildi, deb xabar berdi NDTV. Samolyot bortida 239 kishi bo‘lgan.

Aviakompaniya vakilining telekanalga aytishicha, Kennedi aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan AI119 reysi “xavfsizlik bo‘yicha maxsus ogohlantirish” olgan va hukumat qo‘mitasi buyrug‘iga asosan Hindiston poytaxtiga yo‘naltirilgan.

Hozirda samolyot Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportdagi izolyatsiya qilingan uchish-qo‘nish yo‘lagida to‘xtab turibdi. Samolyot xavfsizlik xodimlari, jumladan, bombani aniqlash guruhlari tomonidan tekshirilmoqda, deyiladi telekanal bayonotida. Politsiya vakilining aytishicha, bortdagi yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash uchun “standart xavfsizlik protokollari” kuzatilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101415 | Инструменты