Huawei 1
Alisher Usmonovning Germaniyadagi villasi sotuvga qo‘yildi

Germaniyaning Merkur nashri Bavariyaning Rottax-Egern tumanidagi Tegernzeye ko‘li bo‘yida joylashgan va rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovga tegishli villa sotilishi haqidagi e’longa e’tibor qaratdi.

Qayd qilinishicha, villa 25 million yevroga baholangan. Immowelt ko‘chmas mulk portaliga ko‘ra, u hozir Germaniyadagi eng qimmat mulk hisoblanadi. Villa avvalgi reyting yetakchisi, Kampen shahridagi uydan deyarli 10 millionga qimmat turadi.

Biznesmen Alisher Usmonov bu villadan 2011 yildan 2022 yil 28 fevralgacha, Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duchor bo‘lguncha yozgi qarorgoh sifatida foydalangan.

Ta’kidlanishicha, Myunxen prokuraturasi Usmonovni soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblamoqda. Sud bankrotlik bo‘yicha ishonchli vakili Ulrix Kramerga 2011 yilda Usmonovning villasini 7,8 million yevroga sotib olgan Men orolidagi Tegernsee Ltd ofshor kompaniyasi qarzlarini to‘lashni buyurgan. Usmonovning o‘zi villani haftasiga 77 ming yevroga ijaraga olganini ta’kidlagan edi.

Usmonovning Germaniyadagi mulklarida 2022 va 2023 yillarda tintuvlar o‘tkazildi. 2022 yilda tergovchilar umumiy qiymati 5 million yevroga teng hujjatlar va 30 ta suratni musodara qildi. Keyinchalik Germaniya sudi tintuvlarni noqonuniy deb topdi. 2023 yil noyabr oyida Frankfurt-Mayn sudi tintuvlar davomida olib qo‘yilgan mol-mulkni qaytarishni buyurdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20420 | Инструменты