Huawei 1
Amerikalik erkak olma tishlash bo‘yicha rekord o‘rnatdi

AQSH fuqarosi David Rush bir daqiqada uchta olmani 198 marta tishlab, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Rekord joriy yilning 24 iyun kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida qayd etilgan.

Eʼtiborlisi, rekordlar ishqibozi uchta olmani jonglyorlik bilan salkam 200 marta tishlab ko‘pchilikni hayron qoldirgan.

“Agar o‘z oldingizga maqsad qo‘ysangiz, o‘zingizga ishonsangiz va unga ishtiyoq bilan intilsangiz, deyarli hamma narsaga erisha olasiz. Barcha narsaning iloji bor”, degan u o‘z intervyusida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91317 | Инструменты