Huawei 1
AQSH Afg‘onistondagi harbiy harakatlarga qancha mablag‘ sarflagani ma’lum qilindi

Braun universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yil davomida AQSH Afg‘onistondagi harbiy harakatlarga 2,313 trillion dollar sarflagan.

AQSH hukumatining Afg‘onistonni qayta tiklash bo‘yicha bosh inspektori Jon Sopko mazkur mablag‘larning 19 milliard dollari talon-toroj qilinganini aytib o‘tgan. 

Afg‘onistondagi to‘qnashuvlar davomida yo‘qotishlar 176 mingdan ortiq kishini tashkil etdi.

Jumladan:

  • AQSH harbiy xizmatchilari — 2 324 nafar;
  • AQSH pudratchilari — 3 917 nafar;
  • NATO davlatlarining harbiy xizmatchilari — 1 144 nafar;
  • Afg‘oniston harbiy xizmatchilari va politsiyasi — 69 095 nafar;
  • Tinch aholi — 46 319 nafar;
  • Tolibon va boshqa guruhlar — 52 893 (Pokistonda yana 32 838 jangari o‘ldirilgan).

Shuningdek, Afg‘onistondagi harbiy harakatlar davomida 74 nafar jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimlari halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, 446 nafar gumanitar yordam xodimlari qurbon bo‘lgan. 

AQSH 2020-yilning 29-fevralida Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlagan bo‘lib, 2021-yilning 30-avgustiga kelib Afg‘onistonda birorta ham amerikalik harbiy qolmagani xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101018 | Инструменты