Huawei 1
AQSh Yevropaga kuniga 1 million barreldan ortiq neft yetkazib beradi

AQShdan har kuni 1 million barreldan ortiq neft Rossiya neftining o‘rnini to‘ldirishi uchun Yevropaga jo'natiladi. Bu haqda Vitol neft savdo kompaniyasi direktori Rassel Xardi ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasidan olinadigan xomashyo Buyuk Britaniya, AQSh va Yevropa Ittifoqidan tashqarida “uy topishi” kerak bo‘ladi. 

"U yanada uzoqqa boradi va boshqa bozorlarni topadi, shu bilan birga ular katta chegirma bilan mahsulot sotishga majbur bo‘ladi", dedi Xardi.

Uning qayd etishicha, Rossiyadan yonilg‘i Osiyo va Yaqin Sharqqa yetkazib beriladi, u yerdan neft esa G‘arbga jo‘natiladi.  "Aks holda Yevropada qoladigan yoqilg‘i Sharqqa jo‘natilayotganini, kamchilikni qoplash uchun Sharqdan yoqilg‘i G‘arbga yetkazib berilayotganini ko‘ryapsiz", — deya qo‘shimcha qildi tadbirkor.

Eslatib o'tamiz, 24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalari rahbarlarining yordam so‘rashi munosabati bilan Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini ma’lum qildi. G'arb, Rossiya Federatsiyasining qaroriga javoban, unga qarshi keng ko'lamli sanksiyalarni bosqichma-bosqich joriy qila boshladi. Yevropa Moskvadan neft va gaz sotib olishni qisqartirishga kirishdi. Natijada, G'arb davlatlari iqtisodiyot va energiya xavfsizligi sohasida jiddiy muammolarga duch keldi.

Jumladan, Yevropa Ittifoqi va AQSh tomonidan Rossiya neftini sotib olishga qo'ygan embargo narxlarning keskin oshishiga olib keldi, bu esa Rossiya Federatsiyasiga katta hajmdagi xomashyoni boshqa bozorlarga, birinchi navbatda Hindiston va Xitoyga yo'naltirishga imkon berdi. 

YeI hozirda muqobil yetkazib beruvchilarni qidirmoqda.

Embargo — davlat tomonidan muayyan tovarlar, xizmatlar, valyuta yoki boshqa boyliklarni mamlakatga keltirish yoki boshqa mamlakatlarga olib ketish, chetga chiqarishni taqiqlab qoʻyish; ayrim mamlakatlar bilan savdo munosabatlarini toʻla taqiqlash.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101619 | Инструменты