Huawei 1
Bahrayn va Eron siyosiy aloqalarni tiklash uchun muzokaralarni boshlaydi

Bahrayn va Eron tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga qaratilgan muzokaralarni boshlashga kelishib oldilar. Bu haqda Bahrayn davlat axborot agentligi xabar berdi.

Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdul Latif bin Rashed al-Zayoniy va Eron tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Ali Bagheri Kani o‘rtasida yakshanba kuni Tehronda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda normallashtirish jarayonini boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Agentlik taʼkidlaganidek, ushbu uchrashuvda “ikki tomon ham ikki davlat oʻrtasida muzokaralarni boshlash uchun zarur mexanizmlarni yaratish va ular oʻrtasidagi siyosiy munosabatlarni qayta tiklash yoʻllarini oʻrganishga qaror qildi”.

2016-yil yanvarida Saudiya Arabistonining Eron poytaxtidagi elchixonasiga qilingan hujumdan so‘ng, Manama ham Ar-Riyod kabi Tehron bilan diplomatik aloqalarni uzgan edi. 2023-yilning 10-martida Eron va Saudiya Arabistoni munosabatlarni normallashtirish va elchixonalarni qayta ochish bo‘yicha kelishuvga erishgani e’lon qilindi. 2023-yil 12-mart kuni Manamada ular Tehron bilan aloqalarni tiklashga ochiq ekanliklarini taʼkidladilar va 14-mart kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanani Eron barcha qoʻshnilar, jumladan, Bahrayn bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligiga ishontirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62814 | Инструменты