Berlinda Isroil elchixonasiga qarshi terakt tayyorlayotgan chechenistonlik qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Bild nashri.
Gumonlanuvchi — 18 yoshli chechenistonlik Ahmad E. Berlindagi Isroil elchixonasiga maktub-bomba yordamida hujum uyushtirishni rejalashtirgan. Agar bu reja amalga oshmasa, u pichoq bilan iloji boricha ko‘proq odamni o‘ldirmoqchi bo‘lgan.
Brandenburg bosh prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, yigit 20-fevral kuni mamlakatni tark etishga urinayotganda aeroportda qo‘lga olingan. Bild xabar qilishicha, u Istanbulga uchmoqchi bo‘lgan.
Shu munosabat bilan politsiya Potsdamdagi ko‘p qavatli uyni evakuatsiya qildi. Maxsus transport vositasi yordamida portlovchi qurilma bo‘lishi mumkin bo‘lgan shubhali buyum olib qo‘yildi.
Tergovchilar nishon Berlindagi Isroil diplomatik korpusi ekanligini bilgan, biroq hujumning aniq sanasi haqida ma’lumotga ega bo‘lmagan. Amerika razvedkasi ma’lumotlari gumonlanuvchini aniqlashga yordam bergan.
Bild’ga ma’lum bo‘lishicha, Ahmad E. agar portlovchi moslamasi ishlamasa, elchixona yaqinida iloji boricha ko‘proq odamni o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Bundan tashqari, Ahmad E.ning gumon qilinayotgan sherigi pichoq zarbalari mashqini bajarayotgani aks etgan videoyozuv ham mavjud.
Gumonlanuvchining yashash manzilidagi mavjud Wi-Fi tarmoqlari ro‘yxatida Cassita de Terror (ispan tilidan tarjimasi: “kichkina terror uyi”) deb yozilgan. Ushbu tarmoqni aynan kim yaratgani noma’lum.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22321 | Инструменты