Huawei 1
Bloomberg: Ilon Mask 12-marta ota bo'ldi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask kamida 12-marta ota bo'ldi. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib yozmoqda.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil boshida Neuralink korporatsiyasi top-menejeri Siobxan Zilis tadbirkorning uchinchi farzandini dunyoga keltirgan. Ular 2021-yilda egizaklarning ota-onasi bo‘lishgan edi. 

Biroq manbalar bola haqidagi boshqa tafsilotlarni, jumladan uning jinsini oshkor qilmadi.

Materialda qayd etilishicha, tadbirkorning qo‘shiqchi Grimes (haqiqiy ismi Kler Elis Baucher) bilan birga uchta farzandi ham bor. Mask rassom bilan 2021-yilgacha uchrashgan.

Bundan tashqari, tadbirkorning birinchi rafiqasi Jastin Uilson olti farzandni dunyoga keltirgan. Nevadaning to‘ng‘ich farzandi xavfli sindrom tufayli 10 haftaligida vafot etdi. Keyinchalik Mask va Uilson uch egizak farzandli bo'lishdi. Tadbirkor 2000-yildan 2008-yilgacha birinchi xotini bilan yashagan.

Shu bilan birga, maqola mualliflari tadbirkorning pronatalizm harakati tarafdori ekanligini qayd etishgan. Unga ko'ra, pronatalizm tarafdorlarining ko'pchiligi abortga qarshi va tug'ilish darajasini oshirish uchun kurashishadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62814 | Инструменты