Antoniu Guterrish, shuningdek, oʻz kemalarini hujumlardan himoya qilayotgan BMTga aʼzo barcha davlatlarni rezolyutsiyada koʻrsatilganidek, buni xalqaro huquqqa muvofiq qilishga chaqirdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Qizil dengiz hududida xalqaro kemalarga qilingan hujumlarni “qabul qilib bo‘lmaydigan” deb atadi. Bu haqda BMT rahbari nomidan uning matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.
Jahon tashkiloti rahbari ular global ta'minot zanjirlari xavfsizligini xavf ostiga qo'yishini va butun dunyodagi iqtisodiy hamda gumanitar vaziyatga salbiy ta'sir ko'rsatishini ta'kidladi.
“2722- rezolyutsiyada Xavfsizlik Kengashi husiylardan bunday hujumlarni zudlik bilan to'xtatishni talab qiladi. Rezolyutsiyaga to‘liq rioya qilish kerak”, — deyiladi BMT rahbari bayonotida.
Bosh kotib, shuningdek, oʻz kemalarini hujumlardan himoya qilayotgan BMTga aʼzo barcha davlatlarni rezolyutsiyada koʻrsatilganidek, buni xalqaro huquqqa muvofiq qilishga chaqirdi.
U “barcha manfaatdor tomonlarni Qizil dengiz va butun mintaqada tinchlik hamda barqarorlik manfaatlari yo‘lida vaziyatni yanada keskinlashtirmaslikka” chaqirdi.
“Bosh kotib Yamanning o‘zida vaziyatni yanada yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan qochish zarurligini ta’kidlaydi. U Yaman tinchlik yoʻlidan borishini taʼminlash uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirishni taklif qiladi va Yamandagi mojaroga barham berishga qaratilgan barcha saʼy-harakatlar behuda emasligini aytadi”, deyiladi hujjatda.
Avvalroq AQSh Yamandagi husiylar nishonlariga yangi zarba bergani haqida ma'lum qilgan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21311 | Инструменты