Olimlar Braziliyada yashovchi ko’rshapalaklarda yangi turdagi koronavirusni aniqladilar, deb xabar bermoqda The Independent.
Yangi koronavirusning genetik ketma-ketligi 2012-yilda Yaqin Sharqda birinchi marta aniqlangan Mers-CoV virusi bilan deyarli 72 foiz o‘xshashlikka ega. 2014-yilda Saudiya Arabistonida ushbu turdagi koronavirus 283 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab Mers-CoV bilan zararlanishning 2613 ta holati tasdiqlangan, 943 kishi vafot etgan. Braziliyalik olimlarning ta’kidlashicha, hozircha yangi koronavirus insonlarga yuqishi mumkinligini aniq ayta olishmaydi, biroq bunday ehtimol mavjud. Olimlar bu yil tadqiqotlarini Gonkongdagi laboratoriyalarda davom ettirishni rejalashtirmoqdalar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31821 | Инструменты