Huawei 1
Buyuk Britaniya bosh vaziri va AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin orada muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi

Buyuk Britaniya bosh vaziri va AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin kelajakda muzokaralar o‘tkazishga kelishib olgan. Bu haqda yakshanba kuni ikki yetakchi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon suhbati yakunlari bo‘yicha Britaniya hukumatining bosh vazir ofisi maʼlum qildi.

«Ikki davlat yetakchilari Buyuk Britaniya va AQSh o‘rtasidagi yaqin va samimiy aloqalarning ahamiyatini taʼkidladilar. Prezident Tramp Britaniya qirollik oilasiga hurmat va sadoqatini bildirdi», — deyiladi telefon suhbati yakunlari bo‘yicha Britaniya hukumati saytida joylashtirilgan xabarda.

Trampning saylovdagi g‘alabasi va yaqin sharqdagi muammolar

Xabarga ko‘ra, Kir Starmer AQSh prezidentligi uchun saylovda g‘alaba qozongan respublikachini tabrikladi va uning Isroil hamda Falastinning HAMAS harakati o‘rtasidagi garovdagi shaxslarni ozod qilish va otishmani to‘xtatishga doir kelishuvdagi rolini alohida qayd etdi. Britaniya bosh vaziri devonxonasi ikki tomon Yaqin Sharq xavfsizligini taʼminlashda hamkorlik qilishning muhimligini muhokama qilganini taʼkidladi.

Savdo va iqtisodiy munosabatlar

Suhbat chog‘ida London va Vashington o‘rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalar ham ko‘rib chiqilgan. Janob Starmer amerikalik hamkasbiga iqtisodiyotni deregulatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot bergan.

2-dekabr kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri, hukmron Leyboristlar partiyasi yetakchisi Kir Starmer, Donald Tramp prezidentligi davrida Britaniya AQSh bilan munosabatlarni mustahkamlashini maʼlum qilgan edi. 

«So‘nggi bir asrdan ortiq vaqt davomida AQSh bilan munosabatlarimiz xavfsizlik va farovonligimizning asosi bo‘lib kelgan. Biz bundan hech qachon voz kechmaymiz. Bu munosabatlarni “maxsus” deb atashimiz bejiz emas», — degan edi u.


Maqola muallifi: D. Jummayeva

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12903 | Инструменты