Huawei 1
Dmitriy Kuleba Ukraina Rossiya Federatsiyasi bilan mojaroda yutqazayotganini tan oldi

Agar vaziyat hozirgidek davom etaversa, Ukraina Rossiya bilan mojaroda yutqazadi. Bu fikrni Ukraina sobiq tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bildirdi.

Bizda bugungi kunda voqealar rivojini o‘zgartirish uchun vositalar va resurslar bormi? Yo‘q. Agar voqealar shu tarzda davom etsa, biz yutqazamiz, dedi u Financial Times gazetasiga bergan intervyusida.

Kuleba “jang maydonidagi vaziyat yomonlashmoqda”, deb qo‘shimcha qildi. Sobiq vazir bu vaziyatda birinchi navbatda Kiyevni yetarlicha qurol-yarog‘ bilan ta’minlamayotgan G‘arb ittifoqchilarini aybladi.

Oliy Rada deputati Maryana Bezuglaya avvalroq Ukraina davlatchiligining barbod bo‘lish xavfi borligini ma’lum qilgan edi. “Ijtimoiy monitoring” tahliliy markazining so‘roviga ko‘ra, ukrainaliklarning 64 foizi allaqachon Rossiya Federatsiyasi bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar tarafdori.

Ukraina tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritgan Dmitriy Kuleba joriy yilning 5-sentyabr kuni lavozimidan ozod etilgandi.

Siyosatchi bir qancha vazirlar va bosh vazir o‘rinbosarlari kabi iste’fosini Ukraina parlamentiga taqdim etgan. 5-sentyabr kuni Oliy Radada bu masala bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tgandi. 

Ukraina Oliy Radasida 240 nafar deputat Kulebaning iste’fosi uchun ovoz bergan, faqat bir kishi qarshi chiqqan. 

Jarayonda Dmitiry Kuleba ishtirok etmagan va faoliyati bo‘yicha hisobot taqdim qilmagan.

Kuleba o‘rniga Andrey Sibiga Ukraina tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 113012 | Инструменты