Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan o‘zgartish bilan jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilmoqda. Tegishli qonun loyihasi parlamentda muhokama qilinmoqda.
Unga ko‘ra, bunday harakatni birinchi marta sodir etganlik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (1 mln 125 ming so‘m) miqdorida, bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1 mln 875 ming so‘m) miqdorida jarima belgilanmoqda.
Qonun loyihasi kuchga kirishi uchun quyi palatada qabul qilinib, senat tomonidan maʼqullanishi hamda prezident tomonidan imzolanishi kerak.
Alpha version: 0.9.1.19 build 113015 | Инструменты