Huawei 1
Dog‘istonda uch kunlik motam e’lon qilindi

Maxachqal’a va Derbentdagi sinagoga va cherkovlarga jangarilar tomonidan uyushtirilgan hujumlar munosabati bilan Dog‘istonda uch kunlik motam e’lon qilindi. Tegishli farmonni respublika rahbari Sergey Melikov imzoladi.

“Dog‘istonda 24, 25 va 26-iyun motam kunlari deb e’lon qilindi”, — deyiladi nashrda. Viloyatda barcha ko‘ngilochar tadbirlar va radio va televideniyedagi eshittirishlar bekor qilindi. Binolardagi bayroqlar qayg‘u belgisi sifatida yarmigacha tushiriladi.

23-iyun kuni kechqurun noma’lum shaxslar Derbentdagi ibodatxona va cherkovga o‘q uzdi, jangarilar yo‘l politsiyasi posti va sinagogaga hujum qildi. Yana bir otishma bir necha soatdan keyin Derbent yaqinida joylashgan Serg‘oqal’a qishlog‘ida sodir bo‘ldi.

Rasmiylarga ko‘ra, 15 dan ortiq politsiyachi va bir necha tinch aholi halok bo‘lgan. Ularning oilalariga moddiy yordam beriladi, dedi Melikov. Operativ jangovar harakatlarning faol bosqichi allaqachon yakunlandi - olti nafar jangari yo'q qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62814 | Инструменты