Hindiston Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash kengashi O‘zbekistonda 20 nafar bola o‘limidan so‘ng “Dok-1 Maks” siropini ishlab chiqaruvchi Marion Biotech kompaniyasining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini to‘xtatib qo‘ydi.
Avvalroq korxonaning barcha ishlab chiqarish faoliyati to‘xtatilgani ma’lum bo‘lgan edi.
Qaror "Marion Biotech Pharmexcil"ning 28-dekabrda “Dok-1 Maks” to‘g‘risidagi ma’lumot so‘roviga o‘z vaqtida javob bermaganidan keyin qabul qilindi.
Kompaniya Pharmexcil bilan 2010-yilda kichik partiyalar ishlab chiqaruvchisi va 2016-yildan buyon savdo eksportchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
“Biz Marion Biotechdan ko‘rib chiqilayotgan dori vositasini yetkazib bergan litsenziatlar, importchilarning ismlari va ma’lumotlari, bog‘lanish uchun ma’lumotlar, litsenziyalarining nusxalari hamda ushbu mahsulotlardan foydalanishga ruxsatnomalar to‘g‘risida ma’lumot so‘radik.
Shuningdek, taxmin qilinayotgan jiddiy noxush oqibatlar sabablarini o‘rganish hamda zarur choralar ko‘rish uchun kengashni uning natijalaridan xabardor qilishni maslahat bergan edik.
Firmadan 29-dekabr kuni ish kuni tugashigacha javob berish so‘ralgan. Biroq kengashga materiallar/noxush hodisalar to‘g‘risida hisobotlar hech qanday materiallar/hisobotlar kelib tushmadi”, — deydi Pharmexcil bosh direktori.
Pharmexcil Marion Biotech raisi va boshqaruvchi direktori Sachin Jainga yo‘llagan maktubida Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi vaziyatni nazorat ostiga olish vazifasini bajarib, voqeani jiddiy qabul qilganini aytdi.
Farmatsevtika agentligi Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasiga preparatlar partiyasida etilenglikol borligi, bu tibbiy qoidalarda belgilangan me’yordan 300 baravar yuqori ekanligi haqida ma’lum qildi. Buning o‘rniga uning tarkibida propilenglikol (bakteritsid ta’sirga ega oziq-ovqat qo‘shimchasi) bo‘lishi kerak edi.
“Kompaniyangiz tomonidan nostandart dori-darmonlarni yetkazib berish 18 bolaning o‘limiga olib keldi, Hindiston farmatsevtika sanoatining obro‘siga putur yetkazdi, shuningdek, Hindiston farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro agentliklarning ishonchiga ta’sir qilishi mumkin”, — dedi Bxaskar.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi olib borilgan dastlabki laborator o‘rganishlar “Dok-1 Maks” siropining ushbu seriyasi tarkibida etilenglikol mavjudligini ham ko‘rsatganini ma’lum qilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12907 | Инструменты