Eng yirik avtomobil bozorlari orasida Hindiston birinchi marta kuchli uchtalikka kirdi

Birinchi marta Yaponiyani quvib o‘tgan Hindiston eng yirik avtomobil bozorlari orasida Xitoy va AQShdan so‘ng uchinchi o‘ringako‘tarildi.

2022-yilda Hindistonda 4,25 millionta avtomobil sotildi (yengil va tijoriy mashinalar qo‘shib hisoblanganda). Shu tariqa, Hindistonda avtomobil sotish hajmi yil yakuniga ko‘ra, boshqa ishlab chiqaruvchilarning dekabrdagi ko‘rsatkichlarini hisobga olmaganda ham, Yaponiya uchun yillik ko‘rsatkichdan oshib ketdi. 

Janubiy Osiyo mamlakatida avtomobillar savdosi o‘sishiga yuqori talabga nihoyat e’tibor qaratilgani hamda avtomobil ishlab chiqarish ko‘paygani sabab bo‘ldi.

O‘tgan yili Xitoyda avtomobillar savdosi 1,7 foiz o‘sib, jami 75 mln dona avtomashina sotildi. AQShda, aksincha, sotuv hajmi yillik kesimda 7,8 foiz pastlab, jami 13,89 mln dona mashina xaridorlarga yetkazildi.

Avvalroq, 2022-yilda taqdim qilingan eng chiroyli avtomobillar e'lon qilingan (foto).

Undan tashqari  O‘zbekistonda bir yilda ikkilamchi avtomobil bozorida vaziyat qanday o‘zgarganini ma'lum qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72707 | Инструменты