Tolibon ayollarni nodavlat tashkilotlarida ishlashini taqiqladi

Tolibon nazoratidagi Afg‘oniston ma’muriyati 24-dekabr kuni respublikadagi  barcha mahalliy va xorijiy nodavlat tashkilotlarda ayol xodimlarni ishlamasliklarini buyurdi. Ushbu chora aholining kiyinish qoidalariga rioya qilmagani uchun qabul qilingan, deyiladi Reuters xabarida.

Iqtisodiyot vazirligi Abdulrahmon Habibning tasdiqlashicha, ayol xodimlarga hatto ogohlantirish ham berilmaydi. Bu buyruq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistonda kuchli vakolatga ega bo‘lgan agentliklariga tegishlimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Cheklov Tolibon universitetlarni ayollar uchun yopishni buyurganidan bir necha kun o‘tib kiritilgan. Bu harakat butun dunyo va Afg‘onistonda keskin qoralandi hamda noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Mavzuga doir:

Tolibon afg‘on ayollarini universitetlarda o’qishini taqiqladi

Tolibon afg‘on qizlariga maktab bitiruv imtihonlarida ishtirok etishga ruxsat berdi

Tolibon afg'on ayollarini Kobuldagi parklarga kirishini taqiqladi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51222 | Инструменты