Eron Yevropa Ittifoqi davlatlari armiyasini terrorchi tashkilotlar deb e’lon qilmoqchi

Eron parlamenti spikeri Muhammad Qolibaf hukumat Yevropa Ittifoqi davlatlarining barcha armiyasini terrorchi tashkilot deb e’lon qilishini aytdi.

Bunga Yevropa Ittifoqining Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini (IIQK) terrorchi guruh deb belgilash qarori sabab bo‘lgan. Eron mazkur qarorni Isroil ilgari surganini qayd etmoqda. Kalibaf Eron parlamentining navbatdagi sessiyasi ochilishi chog‘ida shunday bayonot bergan. U Yevroparlamentning IIQKni terrorchi deb e’lon qilish qarori Isroilning buyrug‘i bilan qabul qilingani va bu Yevropaning jiddiy xatosi ekanini aytgan.

Eronlik siyosatchi IIQK terrorizmga qarshi urushda, jumladan “AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan IShIDni yo‘q qilish”da g‘alaba qozonganini aytgan. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi allaqachon Eronga qarshi terrorchilik kampaniyasini boshlab yuborgan va u ommaviy axborot vositalari orqali olib borilmoqda.

18-yanvar, chorshanba kuni Yevroparlament Yevropa Ittifoqini IIQKni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishga chaqirdi. Yevropada qo‘riqchilar korpusi Erondagi norozilik namoyishlarini bostirishda va Ukrainaga qarshi urushda rus armiyasiga dronlar yetkazib berishda ayblangan.

Eron parlamenti Yevropa Ittifoqi mamlakatlari armiyalarini terrorchi tashkilot deb tan olishi haqida Eron parlamenti prezidiumi a’zosi Ahmad Nodiriy ham ma’lum qilgan.

Eron parlamenti allaqachon qonunga o‘zgartirish loyihasini tayyorlab qo‘ygan, u AQSH IIQKni terrorchi tashkilot deb e’lon qilgani munosabati bilan ko‘rilgan choralarga taalluqlidir va bu loyiha Yevropa Ittifoqi davlatlarining barcha qurolli kuchlariga tegishli bo‘ladi.

Mavzuga doir

Eron TIV: Biz Qrim va Donbass Ukrainadan ajralib chiqishini tan olmadik

Eron Tashqi ishlar vazirligi mamlakat rahbarining Charlie Hebdo jurnalidagi karikaturalari sababli Fransiya elchisini chaqirtirdi

Eron Rossiyaga qurol yetkazib berish bo’yicha Zelenskiyning ayblovlarini qoraladi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51219 | Инструменты