Erondagi Shahid-Rajai dengiz porti hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi

26 aprel kuni Eronning Bandar-Abbos shahri yaqinidagi Shahid-Rajai dengiz porti hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 195 kishi jabrlandi. Bu haqda “Mehr” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jabrlanganlar qisqa vaqt ichida shifoxonaga yetkazilgan. Voqea mahalliy vaqt bilan 12:30 atrofida sodir bo‘lgan. Portlash Fors ko‘rfazidagi Keshm orolida eshitilgan.

“Tasnim” agentligi hodisaga port binolariga zarar yetkazgan yoqilg‘i rezervuarining portlashi oqibatida kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligi haqida yozdi. Port ishi to‘xtatilgan.

Ayni vaqtda voqea joyida maxsus xizmatlar faoliyat olib bormoqda. Hozirga qadar qancha odam halok bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22101 | Инструменты