Huawei 1
Falastinliklar G'azo sektori shimoliga qaytishni boshladilar

Falastinliklar G‘azo sektorini shimoliy va janubiy qismlarga ajratib turuvchi Nesarim gumanitar yo‘lagi ochilgach, o‘z uylariga qaytishni boshladi. Isroil HAMAS tomonidan 31-yanvargacha uch nafar garovdagi shaxsni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga binoan nazorat punktlarini ochdi.

Falastinliklar Nesarim nazorat-o‘tkazish punktiga 25-yanvar kuni yig‘ila boshladi. AFP tomonidan o‘tkazilgan translatsiyada odamlarning Ar-Rashid yo‘li bo‘ylab yurayotgani aks etgan, ular o‘zlarining shaxsiy buyumlarini qo‘llarida olib ketayotganini ko‘rish mumkin.

Isroil shimoliy hududni tark etishni talab qilgan edi

Isroil harbiylari G‘azo sektorida harbiy operatsiyani boshlaganidan ko‘p o‘tmay, shimoldagi tinch aholiga bu hududni tark etishni buyurgan edi. 2023-yil oktabr oyida sektorning janubiy qismiga qariyb 1 million kishi ko‘chirildi va ularga bugungacha o‘z uylariga qaytishga ruxsat berilmadi.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuv

Ma'lumki, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuv 19-yanvar kuni kuchga kirgan edi. Bu kelishuvga ko‘ra, Isroil mudofaa kuchlari o‘z pozitsiyalarini tark etishi va o‘t ochishni to‘xtatishning yettinchi kunida falastinliklarga G‘azo sektorining shimoliy qismiga qaytishga ruxsat berishi kerak edi.

Biroq, 25-yanvar kuni Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Arbel Yehudni ozod qilish masalasi hal etilmaguncha, tinch aholiga G‘azo sektorining shimoliga qaytishga ruxsat berilmasligini e’lon qildi. Shu sababli Isroil Nesarim yo‘lagidan qo‘shinlarini olib chiqish majburiyatini bajarishdan bosh tortdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12904 | Инструменты