Huawei 1
Filippinda 7,1 balli kuchli zilzila sodir bo'ldi

Filippinda 11-iyul kuni 7,1 balli kuchli zilzila yuz bergan. Yer silkinishi Mindanao shahri yaqinida kuzatilgan. Bu haqda EMSC nashri xabar berdi.

Zilzila markazi asosan suv ostida bo‘lgani bois halokatli tebranishlar yuz bermagan. Zilzila epitsentri dengiz sathidan 630 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Filippin seysmologiya agentligi aholiga bayonotida dengizdagi chuqur zilzila zarar keltirmasligini, ammo kelgusida yana shu kabi zilzila quruqlikda bo‘lishi kutilayotganini aytgan.

Mutaxassislar silkinish Filippinga tutash Tinch okeanining “olov halqasi” deb nomlangan hududida ro‘y berganini bildirgan. Ushbu hudud ostida ko‘plab faol yerosti kraterlari mavjud bo‘lib, sayozlik bo‘ylab vulqonlar va zilzilalar tez-tez kuzatiladi.

Halokat yuz bergan Moro ko‘rfazi aholisiga kelgusi favqulodda vaziyatlarga tayyorlanish tavsiya qilingan. Dengizdagi zilzila oqibatida ko‘rfaz hududidagi bir qancha aholi maskanlarida binolarga shikast yetgan, inshootlarning devorlari yorilib ketgan.

Qariyb 7 balli zilzila Mindanao shahridan tashqari mamlakatning Zamboanga, Kalamansig va shaharlarida ham kuzatilgan. Dengizda suv ko‘tarilishi yuz berib, ko‘rfazdagi bir qancha kichik orollarga suv toshgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты