Huawei 1
Finlyandiya Rossiya bilan chegarani butunlay yopishga tayyorlanmoqda

Finlyandiya 22-noyabrga o‘tar kechasi Suriya, Iroq va Somalidan kelgan qochqinlarning nazoratsiz oqimi tufayli Rossiya bilan chegaradagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini yopishga tayyor. Bu haqda Finlyandiya tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati sohasidagi manbalarga tayanib Iltalehti yozmoqda.

Nashrning qayd etishicha, bosh vazir Petteri Orpo hukumati tegishli qarorni 20-noyabr kuni qabul qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, o‘tgan hafta Finlyandiya hukumati Rossiya bilan chegaradagi sakkizta o‘tkazish punktidan to‘rttasini 2024-yil 18-fevralgacha yopishga qaror qilgan edi. 19-noyabr kuni Finlyandiya rasmiylari beshinchi Vartius nazorat-o‘tkazish punktini yopdi.

Shundan so‘ng Finlyandiyada yashovchi ruslar Xelsinkidagi parlament binosi oldida Rossiya-Finlyandiya chegarasida nazorat-o‘tkazish punkti ochilishini talab qilib, miting o‘tkazdi. Rossiya Federatsiyasi fuqarolari Finlyandiya hukumatini oilalar bilan uchrashish va harakatlanish erkinligini cheklashda aybladi. Nazorat punktlarining yopilishiga qarshi petitsiya 10 ming imzo to‘plagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты