Huawei 1
Germaniya iqtisodiyoti bu yil ham retsessiyadan chiqolmaydi — The Economist

Germaniya 20 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta ikki yillik retsessiyani boshdan kechirmoqda. 2024 yilda 0,3 foizlik iqtisodiy o‘sish prognozi 0,2 foizlik pasayish prognoziga almashtirilgan, deb yozadi The Economist.

Yevropaning qudratli iqtisodiy dvigateli bo‘lgan Germaniya hozir tashqi va ichki omillar tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin energiya narxlarining oshishi Germaniyaning kimyo, metallga ishlov berish va qog‘oz ishlab chiqarish kabi energiya talab qiladigan sohalariga qattiq zarba berdi. Shuningdek, Xitoyning sanoat salohiyati ortishi nemis eksportiga bo‘lgan talabni kamaytirdi. Avtomobilsozlik kabi sohalarda Xitoy jiddiy raqobatchiga aylandi.

Germaniyaning ichki muammolari ham iqtisodiy tiklanishni sekinlashtirmoqda. Aholining qarishi va ishchi kuchi tanqisligi mamlakat iqtisodiyoti uchun jiddiy to‘siq bo‘lmoqda. Avvalgi yuqori immigratsiya sur’atlari demografik pasayishni qoplagan bo‘lsa, hozirda migrantlar oqimi sekinlashgan, bu esa korxonalarda ishchi kuchining yetishmasligiga olib kelmoqda. Energiya narxlari ko‘tarilib, Germaniyaning yevrozonadagi raqobatdoshligi susaydi.

Nemis iqtisodiyoti 2025 yilda tiklanishi va 1,1 foizga o‘sishi kutilmoqda, ammo tarkibiy muammolar, xususan ishlab chiqarish sur’atining pasaygani imkoniyatlarni cheklab qo‘ymoqda. Hukumatning moliyaviy tejamkorligi esa davlat sarmoyasini cheklab, iqtisodiy o‘sishni yanada qiyinlashtirmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102720 | Инструменты