Huawei 1
Germaniya prezidenti Ukrainaga yordam davom etishini aytdi

Germaniya Rossiyadan himoyalanayotgan Kiyevga yordam berishda davom etadi. «Yevropadagi tinchlik va erkinlik bizdan Ukrainani qat’iy qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi», — dedi Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer Rossiyaning qo‘shni davlatga 24 fevral, dushanba kuni keng ko‘lamli harbiy bostirib kirishi boshlanganining uch yilligi munosabati bilan yo‘llagan videomurojaatida.

«Germaniya Ukraina tomonida — insonparvarlik yordami, mamlakatdan qochganlarni himoya qilish va harbiy yordam ko‘rsatish orqali mustahkam turadi», — dedi Germaniya davlati rahbari. Shu bilan birga, Shtaynmayyer ukrainaliklarning jasoratiga yuqori baho berdi. «2022 yil 24 fevraldan buyon mamlakat nafaqat o‘z hududini himoya qilmoqda, balki demokratiya, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, erkin Yevropa uchun kurashmoqda», — dedi u.

Berlin Ukrainani tiklashda yordam beradi

Germaniya davlati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Germaniya urush tugamaguncha Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmaydi. Shu bilan birga, Frank-Valter Shtaynmayyer ta’kidlaganidek, Germaniya urush natijasida vayron bo‘lgan Ukraina shaharlarini tiklashda ishtirok etadi va mamlakat tinch hayotga qaytishiga yordam beradi. «Ukrainaning Yevropa Ittifoqidagi kelajagi ham Germaniya uchun muhim maqsaddir», — deya qo‘shimcha qildi u.

Shtaynmayyer 24 fevral kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va boshqa davlat va hukumat rahbarlari bilan videoaloqa orqali muloqot qilishi kutilmoqda.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22415 | Инструменты