Huawei
Germaniyaliklar COVID-19 paytida sayohat qilish uchun eng xavfli mamlakatlarni ma'lum qildi

Germaniyadagi Robert Kox instituti (RKI) mutaxassislari COVID-19 bilan kasallangan nemis sayyohlari haqidagi ma'lumotlarni tahlil qilib, sayohatlar bo'yicha eng xavfli yo'nalishlar ro'yxatini tuzdi. 

RKI mutaxassislari bunda o'tgan oyda 80 mingdan ortiq nemislar yuqtirgan kasallik natijalarini jamlagan. Ulardan 25 mingdan ortig'i yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Biroq, unda sayohatlarning maqsadi to'g'risida ma'lumot ko'rsatilmagan: ya'ni chet elga tashrifning sababi nafaqat dam olish, balki xizmat safarlari yoki qarindoshlari bilan uchrashuv bo'lishi mumkinligi keltirib o'tilgan.

"Hozirgi vaqtda infeksiyalarning aksariyati Bolqon mamlakatlarida ro'y bermoqda: ko'pincha kasallar Turkiyani infeksiya mamlakati sifatida ko'rsatgan - 6087 kasal sayyohlar", - deya ma'lum qilgan institut. 

Ikkinchi o'rinda Kosovo (5,7 ming holat), uchinchi o'rinda - Xorvatiya (2,5 ming). Bu reytingning beshligiga esa Gretsiya va Italiyayakun yasaydi.

"Umuman olganda, so'nggi haftalarda chet elda ro'y bergan yangi koronavirus yuqtirish holatlari ulushi 17 foizgacha kamaydi. Ikki hafta oldin bu ko'rsatkich 27 foizga ko'p edi », - deya xulosa qilgan RKI. 

Комментарии: 0
Вы не авторизованы
Добавить комментарии без регистрации

Вверх