Huawei 1
Hizbulloh Eron qurollarini qayerda saqlagani ma'lum bo'ldi

Livandagi “Hizbulloh” harakati Bayrutdagi Rafiq Haririy nomidagi asosiy xalqaro aeroportda juda ko‘p miqdorda Eron qurollarini saqlaydi. Bu haqda The Daily Telegraph gazetasi aeroport xodimlariga tayanib xabar berdi.

Ularning da’vo qilishicha, harakat a’zolari bojxona xodimlariga pora berib, Eronda ishlab chiqarilgan “Falaq” raketalari, “Fateh-110” qisqa masofali ballistik raketalar va RDX portlovchi moddalari kabi qurollarni erkin olib o‘tishgan.

Nashrning qayd etishicha, vaziyat 2023-yilning oktabrida, mintaqada mojaro boshlanganida yomonlashgan. Manbaning ta'kidlashicha, noyabr oyida Erondan to'g'ridan-to'g'ri reysda aeroportga katta qutilar kelgan.

Bundan oldin, Yahudiy davlati tashqi ishlar vaziri Isroil Kats Isroil Livanga yaqin orada radikal Hizbulloh harakati tomonidan oʻz hududiga hujumlarini toʻxtatish uchun “zarur qarorlar” qabul qilishini va bunda Livanning qoʻllab-quvvatlashiga umid qilishini aytgan edi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62814 | Инструменты