3-oktyabrdan joriy yil uchun Nobel mukofoti sovrindorlarini e’lon qilish haftaligi boshlandi.
Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi haftalik doirasida tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha 2022-yilgi Nobel mukofoti sovrindorini e’lon qildi.
Ushbu yo‘nalishda nufuzli mukofot Maks Plank evolutsion antropologiya instituti akademigi Svante Paaboga berildi.
Nobel mukofoti unga "yo‘qolib ketgan gomininlar genomlari va inson evolutsiyasi haqidagi kashfiyotlari uchun" topshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122001 | Инструменты