Huawei 1
Iroqda to‘qqiz yoshli qizlar bilan diniy nikohga ruxsat berildi

Iroq parlamenti 21 yanvar kuni yosh nikohni amalda qonuniylashtiradigan qonunni qabul qildi. Tuzatishlar islom sudlariga oilaviy masalalar, jumladan, nikoh va ajralish masalalarida ko‘proq vakolatlar beradi, deb xabar beradi AP.

Iroqdagi qonun aksariyat hollarda nikoh uchun eng kam yosh sifatida 18 yoshni belgilaydi. Biroq o‘zgartirishlar ulamolarga “islom qonunlarini talqin qilgan holda” qaror qabul qilish imkonini beradi. Ulardan ba'zilari qizlarning "erta o'smirlik davrida" yoki to'qqiz yoshdan boshlab turmushga chiqishi mumkin deb hisoblaydi.

Faollarning aytishicha, bu o‘zgarishlar Iroqning 1959-yilda qabul qilingan “Shaxsiy maqom to‘g‘risida”gi qonuniga putur yetkazadi, bu qonun oila qonunchiligini birlashtiradi va ayollarni himoya qiladi. O'zgarishlar tarafdorlari, jumladan, konservativ shia qonun chiqaruvchilari esa qonun "islomiy tamoyillarga mos" keltirilgan va bu Iroq madaniyatiga "G'arb ta'sirini" kamaytiradi, deb ta'kidlamoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2024 yilgi ma'lumotlariga ko'ra, Iroqdagi ayollarning qariyb 28 foizi voyaga yetmasdan turmushga chiqqan. Qonun qabul qilinishidan oldin, diniy rahbarlar otaning ruxsatini olgan holda qizlar bilan nikohni qayd etishlari mumkin edi. Shu bilan birga, bunday nikoh rasmiy deb hisoblanmas va qiz, masalan, tug'ruqxonaga yotqizilishi rad etilishi mumkin edi. Tuzatishlar tasdiqlanishidan oldin ham huquq himoyachilari yosh nikohni qonuniylashtirish qizlar uchun jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik xavfini sezilarli darajada oshirishini ta’kidlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12216 | Инструменты