Isroil kuchlari HAMASning yuqori martabali a’zosini qo‘lga olganini ma’lum qildi

Isroil xavfsizlik kuchlari G‘arbiy Sohilda tunda o‘tkazgan aksilterror reydlari davomida qidiruvda bo‘lgan 16 nafar falastinlikni qo‘lga oldi, ular orasida HAMAS harakatining yuqori martabali a’zosi ham bor bo'lgan. 

“Iordan daryosining gʻarbiy sohilidagi tungi amaliyotlar davomida Isroil kuchlari, Umumiy xavfsizlik va chegara politsiyasi kuchlari tomonidan qidiruvdagi 16 nafar falastinlikni qoʻlga oldi, ulardan ikki nafari HAMAS aʼzosi... HAMAS terror tashkilotining yuqori martabali aʼzosi Tarek Abdulla Ahmed Salem Shavarva qishlogʻida qoʻlga olindi" - deyiladi xabarda.

Aytib o'tyish lozimki, 7-oktyabrdan beri umumiy hisobda Isroil kuchlari G‘arbiy Sohilda qidiruvdagi 1850 nafarga yaqin falastinlikni, shu jumladan HAMASga aloqador 1100 ga yaqin jangchilarni hibsga olgan.

Isroil-Falastin mojarosi

7- oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari Isroilga qarshi "Al-Aqso to‘foni" operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G'azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

HAMASning qayd etishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi "Al-Aqso" masjidiga bostirib kirishi va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan. 

Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida o‘nlab qiruvchi samolyotlar yordamida HAMASga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi, bu esa G‘azo aholisining qirg‘iniga aylanib ketdi. 27-oktyabr kuni Isroil G‘azoda quruqlikdagi harbiy operatsiyani boshladi.

Aytib o'tish lozimki, Isroilning G'azo sektoriga hujumlari 40 kundan beri davom etmoqda. Ayni paytda Isroil hujumlari natijasida qurbon bo'lganlar soni 13 ming kishidan oshdi.

G'azoning 2,3 million aholisi Isroilning havo, quruqlik va dengizdagi ommaviy bombardimonlari hamda eksklavning to'liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmon tanqisligidan aziyat chekmoqda.

O'tgan oydan beri Isroilning qamaldagi eksklavga havo va quruqlik hujumlari natijasida minglab binolar, jumladan kasalxonalar, masjidlar va cherkovlar ham zarar ko'rgan yoki butunlay vayron qilingan.

Isroildagi qurbonlar soni esa 1200 ga yetmoqda. 

BMT Bosh Assambleyasi zudlik bilan gumanitar otashkesimga chaqirdi. Shu bilan birga, Iordaniya taklif qilgan rezolyutsiya uchun 120 shtat ovoz berdi. Biroq Isroil bu takliflarni rad etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты