Huawei 1
Isroilning G‘azoga hujumida ikki haftada qariyb 800 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Isroilning blokadadagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida so‘nggi ikki hafta ichida 777 falastinlik halok bo‘ldi, yana 2210 nafari jarohatlandi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasining anklavdagi genotsidi 389 kundan buyon davom etmoqda.

Hisobotda keltirilishicha, so‘nggi 24 soat ichida Isroil armiyasi G‘azoda to‘rtta “genotsid akti”ni amalga oshirgan, oqibatda  41 kishi halok bo‘lgan va yana 113 kishi jarohat olgan.

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yil 7-oktyabrdan buyon anklavda 43 061 kishi Isroil genotsidi qurboni bo‘lgan, yana 101 223 nafari jarohatlangan. Minglab qurbonlarning jasadlari hamon yo‘l chetlarida va o‘qqa tutilishi natijasida vayron bo‘lgan binolar ostida qolmoqda.

Avvalroq Isroil Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi (UNRWA) 2025-yildan mamlakatdagi barcha faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qilgandi.

Isroil parlamenti, shuningdek, UNRWA’ni “terrorchi tashkilot” deb tasniflab, Isroil rasmiylariga u bilan aloqa qilishni taqiqlashni taklif qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103015 | Инструменты