Huawei 1
Janubiy Kaliforniyada o'rmon yong'inlari sababli 11 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Janubiy Kaliforniyada yong‘in davom etmoqda. Yonayotgan o‘rmon maydonlaridan 11 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi.

O‘tgan hafta boshlangan o‘rmon yong‘inlari 8 ming gektardan ortiq maydonni qamrab oldi. Hozir deyarli 40 ming uyga tahdid solmoqda. 2 mingga yaqin o‘t o‘chiruvchi va katta hajmdagi texnika jalb qilinganiga qaramay, yong‘inni bir necha kun davomida o‘chirib bo‘lmayapti. Kaliforniya gubernatori San-Bernardino okrugida favqulodda holat e'lon qildi va aholini evakuatsiya qilishga chaqirmoqda.

Qo'shni qit'ada esa yong'in bir vaqtning o'zida bir nechta davlatni qamrab oldi. Peruda uch kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohatlangan. Ko‘ngillilar va mahalliy aholi o‘t o‘chiruvchilarga yong‘inni o‘chirishda yordam bermoqda. So‘nggi kunlarda yong‘in kuchaygan. Rasmiylar issiqlik hamda kuchli shamol tufayli yong'in mintaqa bo‘ylab tarqalishini aytishmoqda.

Ikki kun oldin esa Perudan kelgan ikkita o‘t o‘chirish vertolyoti va samolyotlari qo‘shni Ekvadordagi yong‘inni o‘chirishga yordam berdi. U yerda joriy yilning oʻtgan davrida 13 ming gektardan ortiq oʻrmonlar yonib ketgan va 14 ta yongʻin hali ham davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91713 | Инструменты