Huawei 1
Janubiy Koreya razvedkasi: KXDR Rossiyaga allaqachon 3 mingta harbiy jo‘natgan

Janubiy Koreya razvedkasining xabar berishicha, KXDR Ukrainaga qarshi urushda rus harbiylarini qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiya Federatsiyasiga o‘zining 3 mingga yaqin askarini yuborgan.

Bundan tashqari, qayd etilishicha, Shimoliy Koreya tanlangan harbiy xizmatchilarning oilalarini “ularni samarali nazorat qilish va mish-mishlar bilan puxta kurashish uchun” izolyatsiyada saqlamoqda, deb yozadi Reuters Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmatiga tayanib.

Qolaversa, Shimoliy Koreyaning bu askarlaridan tashqari yana minglab harbiy xizmatchilar Rossiyaga yuborilishi mumkinligi ma’lum qilingan.

“Pxenyan jami 10 mingga yaqin askar yuborishga va’da berdi, ularning urush nuqtalariga joylashtirilishi dekabrgacha yakunlanishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Rossiya Federatsiyasi KXDR qo‘shinlar yuborganini, shuningdek, qurol-yarog‘ yetkazib berayotganini inkor etadi, garchi ikkala davlat “harbiy aloqalarni mustahkamlashga va’da bergan va o‘zaro mudofaa shartnomasini imzolagan” bo‘lsa ham.

Janubiy Koreya razvedka qo‘mitasi vakili Li Son Kvonning ta’kidlashicha, Rossiya harbiylardan tashqari, Shimoliy Koreya askarlari uchun “ko‘p sonli” tarjimonlarni jalb qilgan, shu bilan birga ularni dronlar kabi harbiy texnikadan foydalanishga o‘rgatmoqda.

“Rossiyalik mutaxassislar Shimoliy Koreya harbiylari mukammal jismoniy fazilatlar va jangovar ruhga ega ekanini e’tirof etgan, ammo ular zamonaviy urush uslublari, masalan, dron hujumlari haqida tushunchaga ega emasligi uchun qayta tayyorlashmoqda”, deya qo‘shimcha qildi Li Son Kvon.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102414 | Инструменты