Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, Yer yuzi aholisining yarmi hanuzgacha toza ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena vositalaridan yetarli darajada foydalanish imkoniyatiga ega emas.
Bu muammo yiliga kamida 1,4 million kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, xuddi shu omil tufayli kelib chiqqan diareya xastaliklari tufayli 2019 yilda 1 milliondan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Ikkinchi o‘rinni shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik natijasida kelib chiqqan o‘tkir respirator infeksiyalar egallaydi. Bu esa o‘sha yili 356 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.
Shuningdek, ba’zi mintaqalarda ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena vositalari taqchilligi besh yoshgacha bo‘lgan 395 ming nafar o‘g‘il-qizning vafotiga olib keldi.
Tahlillarga ko‘ra, qayd etilgan o‘lim holatlarining to‘rtdan uch qismi Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20322 | Инструменты