Huawei 1
«Kosmos-482» fazoviy qurilmasi Hind okeaniga qulab tushdi

1972-yilda uchirilgan «Kosmos-482» kosmik kemasi Toshkent vaqti bilan 11:24 da atmosferaning zich qatlamlariga kirgan va Hind okeanidagi O‘rta Andaman orolidan 560 kilometr g‘arbda qulagan. Bu haqda «Roskosmos» agentligi xabar bermoqda.

«Kosmos-482» fazoviy apparati Sovet Ittifoqining Venerani o‘rganish bo‘yicha sayyoralararo dasturi doirasida uchirilgan qurilma hisoblanadi. Uning uchirilish maqsadi Veneraning zich atmosferasi, harorati, bosimi, yoritilishi va yuzasining tarkibini o‘rganish edi.

«Roskosmos» xabariga ko‘ra, harakat blokidagi nosozlik sababli qurilma Yerning yuqori elliptik orbitasida qolgan va asta-sekin sayyoraga yaqinlashib, so‘ng qulagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51020 | Инструменты